Hamma havolalaringiz bitta toqi ostida

Instagram va Telegram uchun vizitka sahifasi: havolalar, narxlar, kontakt va statistika. Telefondan 5 daqiqada tayyor, bepul boshlanadi.

Ulashish
namuna sahifasi uchun QR-kod

toqi.uz/namuna

QR-kodni yuklash Kontaktga saqlash
Chinor Osh Markazi

Chinor Osh Markazi

Samarqand oshi va nonlari. Har kuni 09:00 dan 23:00 gacha

Stol band qilish

Menyu

  • Samarqand oshiQazi, sabzi, no'xat55 000 so'm
  • Lag'monQo'lda cho'zilgan42 000 so'm
  • Non (tandir)6 000 so'm
  • Ko'k choy12 000 so'm

Ish vaqti

Dushanba
09:00 – 23:00
Seshanba
09:00 – 23:00
Chorshanba
09:00 – 23:00
Payshanba
09:00 – 23:00
Juma
09:00 – 23:00
Shanba
09:00 – 23:00
Yakshanba
09:00 – 23:00
Kontaktga saqlash
Ulashish
namuna sahifasi uchun QR-kod

toqi.uz/namuna

QR-kodni yuklash Kontaktga saqlash
Sevara Alimova

Sevara Alimova

Soch va makiyaj ustasi · Toshkent

Yozilish

Xizmatlar

  • Soch turmagiKechki va to'y uchun150 000 so'm
  • Makiyaj200 000 so'm
  • Soch bo'yash350 000 so'm dan
Kontaktga saqlash
Ulashish
namuna sahifasi uchun QR-kod

toqi.uz/namuna

QR-kodni yuklash
Jasur Foto

Jasur Foto

To'y, oila va portret suratlari

Suratga tushish

Namuna sahifalar: ismlar to'qilgan, rasmlar abstrakt naqsh.

Bir marta bosing, sahifa o'zgaradi

Shablon uchta narsadan yig'iladi: uslub, joylashuv va palitra. Hammasi qo'lda chizilgan va telefonga moslangan, shuning uchun sahifangiz boshqalarnikiga o'xshamaydi.

14 uslub × 8 joylashuv × 20 palitra = 2 240 xil sahifa

Namuna sahifa: to'qilgan ism va abstrakt rasmlar. 2 240 xil kombinatsiya, shundan 192 tasi bepul.

Sahifada nimalar bor

Mijoz sahifangizni ochganda bir bosishda yozadi, qo'ng'iroq qiladi yoki to'laydi.

  • Havola tugmalari

    Telegram, Instagram, telefon, WhatsApp, Payme, Click, YouTube, xarita va sayt. Tartibini tortib o'zgartirasiz.

  • Narx kartochkalari Pro

    Xizmat yoki mahsulotni rasm va narxi bilan ko'rsating. Kafe uchun menyu ko'rinishida ham chiqadi.

  • Telegram postlari o'zi yangilanadi

    Kanalingizdagi oxirgi postlar sahifada ko'rinadi. Yangi post qo'shsangiz paydo bo'ladi, o'chirsangiz yo'qoladi.

  • Kontakt, QR va NFC

    «Kontaktga saqlash» tugmasi, vitrina yoki vizitkaga qo'yadigan QR-kod va NFC-karta uchun havola.

  • Qaysi havola ishlayapti

    Har bir tugma necha marta bosilgani va mijoz Instagram, Telegram yoki QR'dan kelgani ko'rinadi.

  • 20 soniyada boshlash

    Telegram kanal havolasini bering: avatar, ism, tavsif va oxirgi rasmlar sahifaga o'zi tushadi. Telegram-bot orqali ham boshqarasiz.

Narxlar

Bepul boshlang. Brendsiz sahifa, barcha uslublar va to'liq statistika kerak bo'lsa, Pro.

Free

0 so'm

  • toqi.uz/ismingiz manzili, 1 ta sahifa
  • 6 uslub, 4 joylashuv, 8 palitra
  • Statistika: 7 kun, eng ko'p bosilgan 3 havola
  • QR-kod, Telegram-bot, AI-start
  • Pastda «Toqi bilan yaratilgan» havolasi
Bepul boshlash

Pro

29 000 so'm / oy

Yillik 290 000 so'm: 2 oy bepul.

  • Barcha 14 uslub, 8 joylashuv, 20 palitra
  • Toqi belgisiz
  • To'liq statistika: 90 kun, manbalar, har bir havola
  • «Kontaktga saqlash» va narx kartochkalari
  • ism.toqi.uz va o'z domeningiz

Domen sotib olish keyinroq qo'shiladi: registrator narxi + 20 000 so'm xizmat haqi (bir yillik narx).

Pro bilan boshlash

Nega «Toqi»?

Buxoroda toqi gumbazli savdo chorsusi: ko'p do'kon bitta gumbaz ostida. Bugun sizning peshtaxtangiz bitta sahifa. Keyin mahsulot kartochkalari, mini-do'kon va to'liq sayt shu sahifaning ustiga quriladi, hech qayerga ko'chmaysiz.

Vizitka sahifasi: tayyorNarx kartochkalariMini-do'konSayt

Ismingizni hozir egallang

Yaxshi ismlar tez tugaydi. Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa.